Sport | 17:45 / 08.12.2022
21144
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya milliy jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Ispaniya futbol federatsiyasi iste’foga chiqarilgan Luis Enrike o‘rniga yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi.

Foto: Reuters

Unga ko‘ra, Luis de la Fuente Ispaniya milliy jamoasining yangi ustozi sifatida tanishtirildi. 61 yoshli mutaxassis bungacha o‘smirlar va yoshlar jamoalaridagi faoliyati bilan tanilgan. U JCh-2022 yakunidan keyin o‘z lavozimiga kirishadi.

Qayd etish joiz, de la Fuente qo‘l ostida Ispaniya Tokio-2020 Olimpiadasida kumush medallariga ega chiqqandi. 

Ma’lumot uchun, ispanlar yangi murabbiy qo‘l ostidagi dastlabki uchrashuvlarni Yevro-2024 saralash bosqichi doirasida mart oyida o‘tadigan Norvegiya va Shotlandiyaga qarshi o‘tkazadi.

Mavzuga oid