Eksportyor korxonalar ishidagi 4 ta asosiy muammo ma’lum qilindi
O‘zbekiston Bosh prokuraturasida bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev raisligida tadbirkorlar va eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va mamlakat eksport salohiyatidan to‘liq foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Hududlar va tarmoqlar kesimida ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijalari ko‘rib chiqildi. Joriy yil yanvar-noyabr oylari mobaynida 13 milliard dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilindi.
Eksportyor korxonalar aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun zarur kreditlar ajratish, ilgari to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini qaytarish, kommunal xizmatlarga ulash va energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha mas’ul rahbarlar faoliyati yetarli darajada emasligi qayd etildi.
Hududlar va tarmoqlar mavjud eksport salohiyatidan to‘liq foydalanish maqsadida eksportyorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan korxonalarga biriktirilgan mas’ul rahbarlar hisobotlari tanqidiy ruhda tinglandi. Eksportga yetkazib berish hajmini oshirish maqsadida kundalik monitoringni amalga oshirish, tadbirkorlar bilan faol hamkorlik qilish va ularni o‘z vaqtida va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, muhokama etilgan masalalar doirasida tegishli rahbarlarga qo‘shimcha maqsadli topshiriqlar berildi. Ular bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga yuklandi.
Mavzuga oid
13:31
O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma korxonalarni ko‘paytirishni muhokama qilyapti
13:13
Germaniya O‘zbekistonga 1 mlrd yevrodan ortiq qiymatda mahsulotlar eksport qildi
13:16 / 16.11.2024
5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
15:20 / 14.11.2024