Jahon | 23:36 / 09.12.2022
23282
2 daqiqa o‘qiladi

Putinning qizi tibbiyot fakulteti dekani o‘rinbosari etib tayinlandi 

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning to‘ng‘ich qizi Mariya Voronsova Moskva davlat universitetining fundamental tibbiyot fakulteti dekani o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (KQF) jurnalisti Mariya Pevchix xabar berdi. 

Foto: YouTube

«Sizga «ilmiy» yangilik bor. Putinning qizi Mariya Voronsova tinchgina Moskva davlat universitetining fundamental tibbiyot fakulteti dekani o‘rinbosari etib tayinlandi», deb yozdi Pevchix ijtimoiy tarmoqda. U so‘zlarining isboti sifatida Fundamental tibbiyot fakulteti Ilmiy kengashi a’zolarining suratini ilova qildi

Fakultet veb-saytida bunday ma’lumotlar yo‘q. Shuningdek, Voronsova dekan va o‘rinbosarlari ro‘yxatida ham qayd etilmagan. 

2019 yil aprel oyida Mariya Voronsova genetik texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha Federal ilmiy-texnikaviy dasturni amalga oshirish bo‘yicha kengash tarkibiga kiritildi. Huquqiy axborot portalida e’lon qilingan prezident farmonida u Rossiya fanni rivojlantirish assotsiatsiyasi prezidiumi a’zosi etib tayinlangan. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mariya Voronsovani o‘z qizi ekanini rasman tan olmagan. 

2019 yilda BBC muxbiri Farida Rustamova Putindan qizlari haqida so‘radi, biroq u otalik faktini tan olmadi va «bu ayollar» deb gapirdi. 

«Siz bir ayolni, ikkinchisini aytdingiz. Bu ayollarning shaxsiy ulushi, biznes hajmini tilga oldingiz. Shunchaki faktlarni aytdingiz. Agar yaxshilab surishtirsangiz, bu qanday biznes ekanini, kimga tegishli ekanini, kim yordam berayotganini tushunib olasiz», degan edi Putin. 

Mavzuga oid