O‘zbekiston | 19:38 / 13.12.2022
11820
1 daqiqa o‘qiladi

16 dekabrdan yerusti metro liniyasining ishlash vaqti cheklanadi

Foto: KUN.UZ

“Yerusti halqa” yo‘nalishidagi poyezdlar 5:00 dan 23:00 gacha harakatlanadi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi

Qayd etilishicha, 16 dekabrdan metro temiryo‘llarida texnik ishlar bajarilib, o‘rnatilgan qurilmalar texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shuning uchun bu vaqtdan boshlab metropolitenning “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishida poyezdlar harakati ma’lum vaqtgacha, ya’ni soat 05:00 dan 23:00 gacha amalga oshiriladi.

“Keltirilgan noqulaylik yuzasidan barcha yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz.

Texnik ishlar yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar metropolitenning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari orqali beriladi”, – deyiladi “Toshkent metropoliteni”ning rasmiy izohida.

Дилшода Шомирзаева
Tayyorlagan Дилшода Шомирзаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid