Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda ovchilar tasqara ovlashdi
O‘zbekistonda Qizil kitobga kiritilgan mazkur qush turini ovlash taqiqlangan. Ovchilar bu harakati bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Shuhrat Boboqulov ismli fuqaro ijtimoiy tarmoqlarda ov jarayonida sherigi bilan tushgan suratlarni ulashib, maqtangan. Suratlarda ovchilar tomonidan O‘zbekistonda ovlanishi taqiqlangan qush ham ovlanganligini ko‘rish mumkin.
Jumladan, ovchilar burgutga o‘xshash yirik qushni ko‘tarib suratga tushishgan. Navoiy viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, bu tasqara qushi hisoblanadi. Ushbu qush turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan va uni O‘zbekiston hududida ovlash taqiqlangan.

Jinoyat kodeksining 202-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot yoki o‘simlik dunyosi turlarini nobud qilish bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
19:10 / 30.11.2025
Navoiyda brakonerlar ekologiya inspektoriga kuch ishlatishdi
11:47 / 28.11.2025
Navoiydagi qattiq tartibli koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum shifoxonada vafot etdi
10:29 / 26.11.2025
«Navoiy» chegara postida 380 ta «sa’va» qushini noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi
12:59 / 24.11.2025