Surxondaryo viloyati Termiz tumanida 2 fuqaro baliqlarni noqonuniy tarzda ovlayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi xabar berdi.

Boşqarma nazoratçilari hamkor organlar xodimlari bilan Termiz tumanidagi «Nurafşon» mahallasi hududidan oqib ötuvçi «Uçqizil» kanalidan Jarqörğon tumanida yaşovçi T.T hamda A.O.ni taqiqlangan usullar va taqiqlangan ov qurollari (elektr qarmoq) bilan baliq ovlayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga olgan.

Boşqarma axborot xizmatidan olingan ma’lumotlarga köra, huquqbuzarlardan şu yerning özida bir dona rezina qayiq, bir dona akkumulyator, qölbola elektr qarmoq va ovlangan baliqlar aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.

Ayni paytda «Hayvonot dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida»gi qonunning 35- va 53-moddalari talabini buzgan huquqbuzarlarga amaldagi qonunçilikka muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uçun 45 million 180 ming söm jarima çorasi qöllandi. Holat yuzasidan töplangan hujjatlar jinoyat işlari böyiça Termiz tumani sudida körib çiqiladi.