Jahon | 22:04 / 19.12.2022
6218
2 daqiqa o‘qiladi

Foxconn Xitoydagi zavodini Braziliyaga ko‘chirmoqchi 

Xitoy sarmoyadorlar uchun jozibali maydon bo‘lish imkoniyatini yo‘qotmoqda. 

Foto: Getty Images

Dunyoning eng yirik chip ishlab chiqaruvchisi, Tayvanning Foxconn kompaniyasi o‘z zavodlarini Xitoydan Osiyo mintaqasidagi boshqa mamlakatlarga, shuningdek, Braziliyaga ko‘chirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. 

Bloomberg xabariga ko‘ra, Xitoy ishlab chiqaruvchilar uchun jozibador maydon bo‘lishdan to‘xtadi, chunki endi boshqa davlatlar ham pastroq mehnat xarajatlarini taklif qilishga tayyor. 

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, yaqin yillarda Foxconn ishlab chiqarishning 30 foizini Xitoydan tashqariga, Hindiston, Vetnam, Braziliya va boshqa mamlakatlarga ko‘chiradi. 

Counterpoint Research ekspertlarining fikricha, Braziliya rahbariyatining yordami Foxconn kompaniyasiga ishlab chiqarishni Xitoydan tezroq ko‘chirish imkonini beradi. Agentlikning qayd etishicha, Foxconn kompaniyasi joriy yilda iPhone 14 smartfoni ishlab chiqarishni Xitoydan Hindistonga minimal kechikish bilan ko‘chira oldi. 

Avvalroq, dunyoning eng yirik iPhone ishlab chiqaruvchisi sifatida tanilgan Foxconn Xitoyning Tsinghua Unigroup konglomeratidagi barcha ulushini sotishi haqida e’lon qilgan edi. Tayvan hukumati orol qonunlarini buzgani uchun kompaniyadan ushbu aktivlardan voz kechishni talab qildi. 

Mavzuga oid