Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung buklanadigan ekranli noutbuk ishlab chiqarmoqchi
Samsung kompaniyasi 17,3 dyuymli bukiluvchan displeyga ega noutbukni ishlab chiqaradi.
Janubiy Koreyaning The Elec nashri xabariga ko‘ra, Samsung Display 2023 yilda bozorga noutbuklar uchun 8,5 million dona OLED panelni yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Komponentlarning katta qismi Asus kompaniyasiga, qolgan qismi Galaxy ceriyasidagi qurilmalarni ishlab chiqaruvchi Samsung MX bo‘limiga yetkazib beriladi.
Shu tufayli, mualliflar Koreya kompaniyasi 2023 yilda o‘zining buklanadigan displeyli birinchi noutbukini taqdim etishini taxmin qilishgan. Qurilma 17,3 dyuymli OLED ekranga ega bo‘ladi. Buklangan holatda panel har biri 13,3 dyuymli ikkita qismdan iborat bo‘ladi. Mutaxassislarning fikricha, uning yarmidan displey sifatida, ikkinchisidan sensorli klaviatura sifatida foydalanish mumkin.
Mutaxassislar bozorda bukiluvchan panellarga qiziqish ortib borayotganini qayd etishgan. Masalan, 2020 yilda Samsung Display noutbuklar uchun 960 ming dona, 2021 yilda 5 million dona, 2022 yilda deyarli 6 million dona OLED displey ishlab chiqargan.
Avvalroq Samsung kompaniyasi smartfonlarni ishlab chiqish va ishlab chiqarish strategiyasini o‘zgartirgani ma’lum bo‘lgan edi. Bunda kompaniya Apple bilan raqobatlashish uchun qimmatbaho flagmanlarni chiqarishda tejamkorlikdan voz kechishni maqsad qilgan.
Mavzuga oid
09:39 / 19.06.2026
AI inqilobi smartfonlar narxini yanada oshirishi mumkin
17:57 / 17.06.2026
Amazon Leo sun’iy yo‘ldosh interneti O‘zbekistonda ishga tushiriladi
21:55 / 15.06.2026
Anthropic AQSh hukumati talabiga binoan o‘zining eng kuchli sun’iy intellekt modellarini o‘chirdi
20:26 / 12.06.2026