Jahon | 13:22 / 19.12.2022
9106
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi: 30 ta dron urib tushirildi

Ukraina poytaxti Eronning Shahed kamikadze dronlarining bir necha hujumlariga dosh berdi, deb xabar qildi Kiyev shahar harbiy ma’muriyati. 

Foto: Picture Alliance

«Kiyev havo hududida 20 dan ortiq dushman uchuvchisiz uchoqlari qayd etildi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari 15 ga yaqinini yo‘q qildi», deyiladi xabarda. 

Ma’muriyat rahbari Sergey Popkoning so‘zlariga ko‘ra, muhim infratuzilma obektlaridan biri zarba oqibatida zarar ko‘rgan.

Avvalroq Kiyev shahriga Eronning Shahed uchuvchisiz uchoqlari hujum qilmoqda, deya xabar bergandi Kiyev shahar harbiy ma’muriyati. 

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukraina poytaxti havo bo‘shlig‘ida dushmanning 9 ta uchuvchisiz uchoqlarini urib tushirgan. 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, shaharda portlash ovozlari eshitilmoqda, deb xabar bergan Reuters. 

Kiyev va Kiyev viloyati, Luhansk viloyati va Qrimdan tashqari hamma hududda havo hujumi haqida ogohlantirish trevogasi bekor qilingan.

Mavzuga oid