Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning o‘zida qoladi
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi bo‘lib o‘tyapti.
Mahalla – tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik va hamjihatlik, ma’rifat va tarbiya qo‘rg‘onidir. Shuning uchun ham bundan buyon davlat investitsiya dasturlari mahalla darajasiga tushiriladi, dedi Prezident.
Avvalambor, 2023 yilda aholi tomonidan taklif berilgan suv, elektr, yo‘l, maktab kabi loyihalar uchun qariyb 3 barobar ko‘p, ya’ni 8 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Har bir mahalla o‘zining kutubxonasi, sport maydonchasiga ega bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
Mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal etishi uchun “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi. Buning uchun 1 yanvardan boshlab, mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning o‘zida qoladi.
Mavzuga oid
14:04 / 26.08.2025
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
20:15 / 26.12.2024