Ona tilini bilishni majbur qilish kerak - Shavkat Mirziyoyev
2023 yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilish boshlanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida birinchi navbatda, e’tiborni Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratish haqida gapirdi.
«Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda». Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi.
Maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, sharoitlarini yaxshilash 2023 yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘ladi.
O‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarur, deb hisoblayman», — dedi prezident.
O‘quvchilarda erkin, tanqidiy va kreativ fikrlashni, jamoad́a ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.
«Mana, maktablarimizga qanday muhit kirib kelishi kerak!
Bu borada, prezident maktablarida 130 ta mamlakatda ma’qullangan “Ey-Level” ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilgani, o‘z samarasini bermoqda.
2023 yildan maktab ta’limini xalqaro ta’lim dasturlari asosida butunlay isloh qilishni boshlaymiz.
Milliy o‘zligimiz timsoli, ma’naviyatimiz asosi bo‘lgan ona tilimizga e’tibor yanada kuchaytiriladi.
Albatta, chet tilini bilish — zamon talabi. Ammo ona tilini bilishga majbur qilish kerak.
“Mening farzandim chet tillarini biladiyu, ona tilini bilmaydi”, degan gap Yangi O‘zbekistonga ma’qul emas. Chet tilini bilishi kerak, lekin ona tilini bilishga majbur», — dedi davlat rahbari.
Kelasi yili 70 ta yangi maktab qurilishi, 460 tasi kengaytirilishi, xususiy investitsiyalar ishtirokida 100 ta maktab qurish loyihalari boshlanishi, kelasi besh yilda ularning soni mingtaga yetkazilishi ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
20:17 / 05.11.2024
Ma’rifiy faoliyat bilan ruxsatsiz shug‘ullanganlik uchun javobgarlik belgilandi
17:18 / 05.11.2024
Raqobat kuchli: Xitoydagi ta’lim tizimi yoshlar orasida ruhiy tushkunlikka sabab bo‘lmoqda
16:29 / 21.10.2024
Kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi
18:35 / 03.10.2024