10:14 / 20.12.2022
7731

Zelenskiy: Rossiya Eron dronlarini "Geran-2" UUA sifatida yashirmoqda

Rossiya Erondan 250 dona Shahed kamikadze uchuvchisiz uchoqlarini oldi va Ukrainaga zarba berish uchun ularni Rossiyaning "Geran-2" uchuvchisiz uchoqlari sifatida yashirmoqda. Bu haqda Volodimir Zelenskiy Rigadagi qo‘shma ekspeditsiya kuchlari sammiti ishtirokchilariga yo‘llagan videomurojaatida ma’lum qildi. 

Foto: Picture Alliance

Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan mana shu dronlardan Ukrainaga qilingan so‘nggi hujum paytida foydalanilgan. 

Avvalroq Ukrainaning "Energoatom" kompaniyasi 19 dekabrga o‘tar kechasi Janubiy Ukraina atom elektr stansiyasi ustida Shahed dronining parvozini qayd etgani haqida xabar bergan edi.

Bundan oldin Ukraina poytaxti Eronning Shahed kamikadze dronlarining bir necha hujumlariga dosh berdi, deb xabar qilgandi Kiyev shahar harbiy ma’muriyati. 

«Kiyev havo hududida 20 dan ortiq dushman uchuvchisiz uchoqlari qayd etildi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari 15 ga yaqinini yo‘q qildi», deyiladi xabarda. 

Ma’muriyat rahbari Sergey Popkoning so‘zlariga ko‘ra, muhim infratuzilma obektlaridan biri zarba oqibatida zarar ko‘rgan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top