Netanyaxu Isroil hukumati shakllantirilayotganini e’lon qildi
Isroil hukumati tarkibiga o‘ng qanot konservativ blok vakillari kiradi. Hukumat yil oxirigacha qasamyod qilishi kutilmoqda.
Parlament saylovlarida g‘alaba qozongan o‘ng qanot partiyalar blokiga rahbarlik qilayotgan "Likud" partiyasi rahbari, Isroilning sobiq bosh vaziri Benyamin Netanyaxu prezident Isxok Gersogga yangi vazirlar mahkamasi tuzilishi haqida xabar berdi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, hukumat tarkibiga o‘ng qanot konservativ blok, jumladan, "Diniy sionizm" partiyasi vakillari kiradi.
"Netanyaxu Gersogga "Likud" fraksiyalari, "Diniy sionizm", "Shas", "Yahadut ha-Torah", "Otsma Yyehudit" va "Noam" partiyalarini o‘z ichiga olgan yangi hukumat "barcha Isroil fuqarolari" manfaati uchun ishlashini aytdi", deb yozadi The Jerusalem Post "Likud" partiyasining bayonotiga tayanib.
Isroil matbuoti xabarlariga ko‘ra, yangi koalitsiya joriy yildayoq hukumatni qasamyod qildirishga harakat qiladi.
Dastlab Netanyaxuning hukumat tuzish bo‘yicha prezidentlik mandati 11 dekabrda tugadi. Keyin u 10 kunga uzaytirildi. Agar Netanyaxu bu vazifani bajara olmasa, prezident hukumatni shakllantirishni boshqa nomzodga topshirishi mumkin edi.
Mavzuga oid
10:30
Xalqaro sud qarori: Netanyaxu va Gallant hibsga olinsa nima bo‘ladi?
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
14:54 / 22.11.2024
Bayden XJSning Netanyahuni hibsga olishga order berishiga munosabat bildirdi
17:37 / 21.11.2024