Panorama Airways o‘zining ilk tijoriy reysini amalga oshirdi
22 dekabr kuni O‘zbekistonning Panorama Airways xususiy aviakompaniyasi Toshkent-Urganch-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk tijoriy reysni amalga oshirdi.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, 144 yo‘lovchidan iborat Airbus A320 havo kemasi samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 21:50 da belgilangan aeroportga uchib ketgan.
Samolyot, poytaxtning xalqaro aeroportidan jo‘nab ketishidan avval, birinchi reysning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2021 yilda tashkil etilgan Panorama Airways xususiy aviakompaniyasi O‘zbekiston, BAA, Isroil, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarga yo‘lovchi havo tashishlarini amalga oshirishi rejalashtirilgan.
Aviakompaniyaning navbatdagi parvozi 23 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da Toshkent — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
13:10 / 01.11.2024
O‘zbekiston aviakompaniyasi Goaga to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
19:12 / 31.10.2024
“Xalqimizning soddaligi sabab bo‘lmoqda”- Toshkent shahar sudi raisi Panorama Airways ishiga to‘xtaldi
14:10 / 23.10.2024
Aviakompaniyalardan yo‘lovchilarning 200 mln so‘mga yaqin puli undirib berildi
18:29 / 02.10.2024