O‘zbekiston | 16:02 / 24.12.2022
15046
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Peterburgda o‘tadigan MDH norasmiy sammitida qatnashadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-27 dekabr kunlari MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburg shahrida bo‘ladi. Bu haqda prezident rasmiy saytida xabar berildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tadbir kun tartibidan MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari joriy yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashishlari ko‘zda tutilgan.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid