O‘zbekiston | 11:27 / 24.12.2022
29110
4 daqiqa o‘qiladi

Soliq va bojxona organlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimiga kiritildi

Kadastr va davlat zaxiralari ham IMV tuzilmasiga kiradi. Statqo‘m Statistika agentligiga aylantirilib, hukumatdan prezident huzuriga o‘tkazildi. Kinematografiya agentligi Madaniyat va turizm vazirligiga, “O‘zarxiv” agentligi Adliya vazirligiga berildi. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga bo‘ysundirildi.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Prezident farmoniga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvardan e’tiboran 24 ta davlat boshqaruvi organining tashkiliy bo‘ysunuvi o‘zgaradi.

Qo‘mitalar:

  • Davlat statistika qo‘mitasi – Statistika agentligi shaklida qayta tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Davlat soliq qo‘mitasi – Soliq qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Davlat bojxona qo‘mitasi – Bojxona qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi – Mudofaa sanoati agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Mudofaa vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi – Madaniyat va turizm vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi – O‘rmon xo‘jaligi agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Tabiat resurslari vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda.

Agentliklar:

  • Yoshlar ishlari agentligi – Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Prezident ta’lim muassasalari agentligi – Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Kinematografiya agentligi – Madaniyat va turizm vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda.
  • “O‘zarxiv” agentligi – Adliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi – Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi – Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi – Dori-darmon va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazilgan holda, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda.

Inspeksiyalar:

  • Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi – Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi – Suv xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid