Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Ozarboyjonda avtomobil ishlab chiqarishni kengaytirmoqchi
O‘zbekiston Ozarboyjon bilan hamkorlikda 700 million dollardan ortiq bo‘lgan 5 ta yirik loyihaning moliyaviy-texnikaviy jihatlarini ishlab chiqadi. Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati Kun.uz so‘roviga javoban, bular qanday loyihalar ekani haqida ma’lumot berdi. Ularning orasida Ozarboyjonda avtomobil ishlab chiqarish loyihasi ham bor.
Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
24 dekabr kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Ozarboyjonga tashrifi doirasida investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev va Ozarboyjon iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabborov o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muzokaralarda O‘zbekiston-Ozarboyjon Investitsiya jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma ishlarni jadallashtirish muhokama qilingan.
“Shuningdek, umumiy qiymati 700 million dollardan ortiq bo‘lgan 5 ta yirik loyihaning moliyaviy-texnikaviy jihatlarini ishlab chiqishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi. Mazkur yo‘nalishlarda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha Ishchi guruh tuzishga kelishildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Vazirlik matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Ozarboyjonda avtomobil ishlab chiqarishni kengaytirish, to‘qimachilik klasterini yaratish, ipak mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi.
O‘zbekistonda esa pektin ishlab chiqarish, yirik shaklli po‘lat prokat ishlab chiqarish, poliakrilonitril va uglerod tolasi, bio-oqsil ishlab chiqarish loyihalarini ishga tushirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Vazirlik mas’ulining qo‘shimcha qilishicha, loyihalarning qiymati hali ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston JSTga kirishini tezlashtirish uchun barcha a’zo davlatlar bilan muzokara o‘tkazishi ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
11:16
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi ikki barobardan ortiq o‘sishi kutilmoqda
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
10:41 / 09.01.2026
Sergelida BYD haydovchisi qizil chiroqda o‘tib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
15:49 / 07.01.2026