09:11 / 29.12.2022
5369

“Oltin Humo” milliy mukofotining taqdirlash marosimi o‘tkazildi

“Kinochilar uyi” kinoteatrida O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi hamda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan “Oltin Humo” milliy kinotaqdimotining taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Saralash komissiyasiga 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 1 oktyabrga qadar premerasi bo‘lib o‘tgan jami 85 ta film, xususan, 25 ta badiiy, 55 ta hujjatli va 5 ta animatsion film havola etildi.

Kinotaqdimot saralash komissiyasi tomonidan 16 ta nominatsiya g‘olibligiga 5 tadan nomzodlar saralab olindi. “Tomoshabin mehrini qozongan film” nominatsiyasi g‘oliblari maxsus platformada va ijtimoiy tarmoqlarda ovoz berish yo‘li bilan aniqlandi.

Tadbirda bir qator o‘zbek kinoijodkorlari va kino sohasi vakillari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi:

  • “Kinematografiyaga qo‘shgan hissasi uchun” — Hamidulla Akbarov hamda Yoqub Ahmedov 
  • “Eng yaxshi hujjatli film” – “Matonat”
  • “Eng yaxshi animatsion film” — “Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab sayohat”
  • “Eng yaxshi kompyuter grafikasi” – “Abdulla Qodiriy” filmi uchun Davlat Arabshoyev.
  • “Eng yaxshi ovoz rejissyori” – “Muhabbat bahori” filmi uchun Abduqahhor Karimov.
  • “Eng yaxshi montaj ishi” – “101 reys” filmi uchun Xurshid Alixo‘jayev.
  • “Eng yaxshi grim rassomi” — “Muqimiy” filmi uchun Galina Ivanova.
  • “Eng yaxshi libos bo‘yicha rassom ishi” – “Muqimiy” filmi uchun Anastasiya Sushuk
  • “Eng yaxshi rassom ishi” — “Muqimiy” filmi uchun Alisher Umrzoqov.
  • “Eng yaxshi kino bastakori” — “Tutqunlik” filmi uchun Dmitriy Yanovyanovskiy.
  • “Eng yaxshi ssenariy” — “Hayrat” filmi uchun Zulfiqor Musoqov.
  • “Eng yaxshi operatorlik ishi” — “Hayrat” filmi uchun Azizbek Arziqulov.
  • “Eng yaxshi rejissyorlik ishi” — “Hayrat” filmi uchun Zulfiqor Musoqov.
  • “Eng yaxshi ayol roli” — “Ayol qismati” filmi uchun Ra’no Shodiyeva
  • “Eng yaxshi erkak roli” — “101 reys” filmi uchun Hoshim Arslonov.
  • “Tomoshabin mehrini qozongan film” — “Baron 2. Sog‘inch.”
  • “Eng yaxshi film” — “Ayol qismati”

G‘oliblar “Oltin Humo” maxsus statuetkasi va 25 million so‘m miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Mavzuga oid
Top