Qudbiyev iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimini egalladi
Sobiq moliya vaziri Timur Ishmetov prezident maslahatchisiga o‘rinbosarlikka o‘tkazilgan.

Sherzod Qudbiyev
Sherzod Davlatovich Qudbiyev O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga tayinlandi.
Sherzod Qudbiyev 1981 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2000 yilda Farg‘ona politexnika institutini moliya va kredit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2007 yilgacha shu institutda ishlagan.
2007-2010 yillarda Bandlik va ijtimoiy himoya vazirligida turli lavozimlarda ishlagan, 2010-2016 yillarda Vazirlar Mahkamasida faoliyat yuritgan.
2016-2018 yillarda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi bo‘lgan, 2018-2019 yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga rahbarlik qilgan, 2019-2020 yillarda prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan, 2020 yil mayidan buyon Davlat soliq qo‘mitasiga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Prezidentning 2022 yil dekabridagi farmoni bilan Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi birlashtirildi, yangi vazirlik Davlat soliq qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasini ham o‘z ichiga oldi.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Akmalxo‘ja Mavlonov endi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi raisi lavozimida ishlashda davom etadi.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbul sobiq meri Imomo‘g‘li prokurorga tahdid qilgani uchun sudlanmoqda
Jahon | 13:32
-
Eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarga salomatlik sertifikati beriladi
O‘zbekiston | 13:01
-
Rossiyada hibsga olingan general Popov Ukrainadagi urushga yuborilmaydi
Jahon | 12:56
-
Yo‘l harakati sohasidagi ayrim davlat xizmatlari raqamlashtiriladi
O‘zbekiston | 12:27
Mavzuga oid

10:53
Ifo bosh direktori yangi global iqtisodiy inqirozni istisno etmadi

13:39 / 11.04.2025
Yetakchi institutlar Germaniyaning iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi

11:15 / 19.03.2025
Putin oligarxlarni «iqtisodiy inqiroz» xavfidan ogohlantirdi

13:45 / 04.03.2025