Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda Labo kanalga tushib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi
Mast holda tezlikni oshirgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina bilan kanalga tushib ketgan.
Surxondaryo viloyatida mast holda Labo mashinasini boshqargan haydovchi kanalga tushib ketgan va halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa bugun, 2023 yil 2 yanvar kuni Angor tumanida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi mast holda mashina boshqargan va tezlikni oshirib boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda, u voqea joyida halok bo‘lgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, kanal ustidagi ko‘prik avtomobillar harakatlanishi uchun talablarga javob bermagan. Uning chetlarida himoya to‘siqlari bo‘lmagan.
Mavzuga oid
11:33 / 16.05.2026
Samarqanddagi YTHda ikkita yuk mashinasi yonib ketdi
11:00 / 16.05.2026
Chilonzorda Tracker piyodani urib yubordi
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
16:48 / 15.05.2026