O‘zbekiston | 12:23 / 03.01.2023
3917
1 daqiqa o‘qiladi

Iqtisodiyotdagi qonunbuzarliklarni aniqlashda kosmik suratlardan foydalaniladi

Iqtisodiyotdagi qonunbuzarliklarni aniqlashda kosmik suratlardan foydalanish joriy qilinadi. Bu haqda Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi boshqarma boshlig‘i Shohrux Nasrullayev ma’lum qildi.

“Kosmik tarmoqni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori bilan “O‘zbekkosmos” agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklandi.

Ular quyidagicha:

  • kosmik suratlarni qayta ishlash va tahlil qilish orqali iqtisodiyot sohalarida qonunbuzarlik holatlarini aniqlash;
  • davlat kosmik monitoringini amalga oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish; 
  • tegishli vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan monitoring jarayonlarida kosmik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha takliflarni tayyorlash;
  • sohalarda vazirlik va idoralar tomonidan kosmik texnologiyalarni qo‘llash darajasini monitoring qilish va ularning joriy etilishini jadallashtirish.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid