Jahon | 09:49 / 03.01.2023
10357
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy: Rossiya Shahed dronlari bilan uzoq muddatli hujumni rejalashtiryapti

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kechki videomurojaatida Rossiya Eronning Shahed kamikadze dronlari yordamida uzoq muddatli hujumni rejalashtirayotgani to‘g‘risida ma’lum qildi. 

Foto: Picture Alliance

Moskva Ukraina tomoni, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari va energetikasining kuchsizlanib, taslim bo‘lishi ehtimoliga tayanishi mumkin, deya tushuntirdi davlat rahbari. 

«Osmonni himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi har bir kishi ayniqsa ehtiyotkor bo‘lishi kerak», — deya qo‘shimcha qildi u.

Bundan oldin, 2 yanvarga o‘tar kechasi Ukraina armiyasi Rossiya qo‘shinlari tomonidan Ukrainadagi nishonlarga uchirilgan Eronning 39 ta Shahed-131/136 zarba beruvchi dronlarini yo‘q qilgandi.

Bundan tashqari, ikkita «Orlan-10» operativ-taktik uchuvchisiz uchish apparati va X-59 boshqariladigan aviatsiya raketasi urib tushirilgan.

Avvalroq Ukraina aviatsiyasi va zenit-raketa qo‘shinlari Dnepropetrovsk va Zaporijjya viloyatlari uzra 6 ta Shahed zarba beruvchi uchuvchisiz uchoqlari va bitta X-59MK2 yuqori aniqlikdagi boshqariladigan raketani yo‘q qilgandi.

Mavzuga oid