O‘zbekiston | 14:22 / 04.01.2023
46389
2 daqiqa o‘qiladi

«Avtomobillar uchun shartnoma tuzish vaqtincha to‘xtatildi» - UzAuto Motors

UzAuto Motors bugundan shartnoma berish, avtomobillarni topshirish va to‘lovlarni amalga oshirishni vaqtincha to‘xtatdi. Bu holat 4-5 kun davom etishi mumkinligi aytilmoqda.

Foto: KUN.UZ

Bugun, 4 yanvardan boshlab UzAuto Motors SAP hisob dasturiy ta’minotini amalga oshirish va mahsulot inventarizatsiyasini o‘tkazishni boshlagan. Shu munosabat bilan, ushbu muddatda kontraktatsiya shartnomasini tuzish, barcha avtomobillarni topshirish va to‘lovlarni qabul qilish vaqtincha to‘xtatiladi. Bundan tashqari, dasturiy ta’minotni ishga tushirish tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan UzAvtoSavdo ilovasi faoliyati ham vaqtincha to‘xtatib turilishi mumkin. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar bermoqda.

«Dasturiy ta’minotni yangilash va inventarizatsiya ishlari yakunlangandan so‘ng, kontraktatsiya shartnomalarini tuzish, oldindan to‘lovni qabul qilish va avtomobilni yetkazib berish to‘liq hajmda qayta tiklanadi.

2022 yil oxirida avtomobil yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgan va 7 kun ichida oldindan to‘lovni amalga oshira olmagan shaxslar ish qayta tiklanganidan to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin. Shu bilan birga, ular tomonidan avtomobil yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan shartnomalar o‘z kuchida qoladi, faqat oldindan to‘lov muddati uzaytiriladi.

UzAuto Motors kompaniyasi iste’molchilardan 4-5 kun davom etishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik noqulayliklarni tushunishlarini so‘rab qoladi», - deyiladi rasmiy xabarda.

Mavzuga oid