Bugun, 4 yanvardan boşlab UzAuto Motors SAP hisob dasturiy ta’minotini amalga oşiriş va mahsulot inventarizatsiyasini ötkazişni boşlagan. Şu munosabat bilan, uşbu muddatda kontraktatsiya şartnomasini tuziş, barça avtomobillarni topşiriş va tölovlarni qabul qiliş vaqtinça töxtatiladi. Bundan taşqari, dasturiy ta’minotni işga tuşiriş tadbirlari ötkazilişi munosabati bilan UzAvtoSavdo ilovasi faoliyati ham vaqtinça töxtatib turilişi mumkin. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar bermoqda.

«Dasturiy ta’minotni yangilaş va inventarizatsiya işlari yakunlangandan söng, kontraktatsiya şartnomalarini tuziş, oldindan tölovni qabul qiliş va avtomobilni yetkazib beriş töliq hajmda qayta tiklanadi.

2022 yil oxirida avtomobil yetkazib beriş böyiça şartnoma tuzgan va 7 kun içida oldindan tölovni amalga oşira olmagan şaxslar iş qayta tiklanganidan tölovlarni amalga oşirişi mumkin. Şu bilan birga, ular tomonidan avtomobil yetkazib beriş böyiça tuzilgan şartnomalar öz kuçida qoladi, faqat oldindan tölov muddati uzaytiriladi.

UzAuto Motors kompaniyasi iste’molçilardan 4-5 kun davom etişi mumkin bölgan vaqtinçalik noqulayliklarni tuşunişlarini sörab qoladi», - deyiladi rasmiy xabarda.