Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda erkak jazmani bo‘lgan ayolni do‘pposlab uning o‘limiga sababchi bo‘ldi
Gumonlanuvchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida ayol jazmani tomonidan ayovsiz do‘pposlanib, yalang‘och holda uyiga tashlab ketilgani, oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan 36 yoshli ayol shifoxonada vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 2023 yil 1 yanvar kuni Shahrisabz tumani Tepar mahallasida sodir bo‘lgan.
«Shahrisabz tumani Tepar mahallasida yashovchi hamqishloqlar ochiq dala maydoniga borib, shu yerda o‘zaro og‘zaki tortishib qolishgan. Natijada o‘rtada bahslashuv yuzaga kelib, bir-birini kamsituvchi so‘zlar bilan haqorat qilgani sababli erkak ayolni urib, tan jarohati yetkazgan. Ertasi kuni jabrlanuvchi shifoxonaga olib borilgach, shifokorlar ko‘rsatgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan», deyiladi munosabatda.
Mazkur holat yuzasidan 2023 yil 2 yanvar kuni Shahrisabz tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan ayolning o‘limiga sabab bo‘lgan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, fuqaro S.X. Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
08:29 / 26.05.2026
Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi
19:41 / 20.05.2026
Qashqadaryoda 25 yoshli yigit sel oqizib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
11:45 / 18.05.2026