O‘zbekiston | 09:54 / 06.01.2023
36873
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda zoopark xodimi ayiq hamla qilishi oqibatida vafot etdi

Ovqat berish maqsadida ayiq qafasiga kirgan xodimga ayiq tashlanib, bo‘yin qismidan tishlab olishi oqibatida og‘ir tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Foto: Kun.uz

Viloyat IIB Axborot xizmatining xabar berishicha, holat 3 yanvar kuni soat 16:00larda Xo‘jaobod tumani “Mustaqillikning 27 yilligi” MFY hududida joylashgan “Usmonobod Fayzi” MChJga qarashli “Andijon hayvonot bog‘i”da sodir bo‘lgan. Hayvonot bog‘i ishchisi A.G. ovqat berish maqsadida ayiq qafasiga kirgan vaqtida, ayiq unga tashlanib, bo‘yin qismidan tishlab olgan. Buning oqibatida ishchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, hodisa joyi tuman IIB tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilgan.

Fuqaro A.G. olgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasini va uning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, – deyiladi xabarda.

Mavzuga oid