Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ozarboyjon funduk yetishtirishda hamkorlik qiladi
Ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning istiqbollari muhokama qilinmoqda.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Qahramon Yo‘ldoshev Bokuda Ozarboyjon qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Elchin Zeynalov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuvda Ozarboyjonning «Grand Agro Invitro» kompaniyasi rahbari Talex Zeynalov, «Tovuz-Baltiya» kompaniyasi direktori Naig Mamedgasanov va agrar sohaga ixtisoslashgan «Agrarco» kompaniyasi rahbari Javid Kazimov ham ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida paxtachilik, ipakchilik, anor, funduk yetishtirish, shuningdek, ilg‘or texnika va texnologiyalarni qo‘llash asosida ko‘chat yetishtirish kabi keng yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakuni bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida 2023 yil birinchi yarmida tomonlar bir qator o‘zaro safarlarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
20:25 / 17.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjonga jo‘nab ketdi
12:06 / 17.05.2026