Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina «Shahed»larning rossiyalik operatorlari shaxsini ma’lum qildi
Rossiya Mudofaa vazirligining uchuvchisiz aviatsiya markazining to‘rt nafar xodimi Eronda dronlarni boshqarish bo‘yicha o‘qitildi, shundan so‘ng ular harbiylarni Rossiyada tayyorladi, deya xabar bermoqda "Slіdstva.Іnfo" va "Nashi groshi.Lviv" jurnalistlari.
Foto: skynews
Ukrainalik jurnalistlar Rossiya armiyasi Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga zarba bergan Eronning "Shahed" ("Geran") uchuvchisiz uchoqlarini ishlatayotgan rossiyalik harbiy xizmatchilarning ismlarini oshkor qildi. Ular kamida to‘rt kishi: Rossiya harbiy-havo kuchlari kapitani Andrey Stepovoy, Rossiya harbiy-havo kuchlari leytenanti Yevgeniy Gluxov, shuningdek, harbiy xizmatchilar Sergey Sozinov va Gleb Pivkin, deyiladi "Slіdstva.Іnfo" va "Nashi groshi.Lviv"ning payshanba, 5 yanvar kuni chop etilgan qo‘shma surishtiruvida.
Surishtiruv mualliflariga ko‘ra, bu askarlar Kolomna shahrida joylashgan Rossiya Mudofaa vazirligining uchuvchisiz aviatsiya bo‘yicha Rossiya davlat markazida ishlaydi. 2022 yilning yozida ular Eronning Koshan shahrida «armiya musobaqalari» niqobi ostida "Shahid"larni uchirishni o‘rgangan va Rossiyaga qaytib kelgach, o‘zlari o‘z qo‘shinlari tomonidan foydalanish uchun dron operatorlarini tayyorlashni boshlagan.
Tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, joriy yilning avgust oyida Koshanda bo‘lib o‘tgan «armiya musobaqasi» Eron dronlarining birinchi partiyasi Rossiyaga yetkazilgan vaqtga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
19:15 / 14.03.2026
Eron Ukrainaga zarba berish bilan tahdid qildi
11:55 / 14.03.2026
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
16:10 / 13.03.2026
Ukrainada Rossiya o‘qqa tutishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
13:52 / 13.03.2026