Ukrainalik jurnalistlar Rossiya armiyasi Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga zarba bergan Eronning "Şahed" ("Geran") uçuvçisiz uçoqlarini işlatayotgan rossiyalik harbiy xizmatçilarning ismlarini oşkor qildi. Ular kamida tört kişi: Rossiya harbiy-havo kuçlari kapitani Andrey Stepovoy, Rossiya harbiy-havo kuçlari leytenanti Yevgeniy Gluxov, şuningdek, harbiy xizmatçilar Sergey Sozinov va Gleb Pivkin, deyiladi "Slіdstva.Іnfo" va "Naşi groşi.Lviv"ning payşanba, 5 yanvar kuni çop etilgan qöşma suriştiruvida.

Suriştiruv mualliflariga köra, bu askarlar Kolomna şahrida joylaşgan Rossiya Mudofaa vazirligining uçuvçisiz aviatsiya böyiça Rossiya davlat markazida işlaydi. 2022 yilning yozida ular Eronning Koşan şahrida «armiya musobaqalari» niqobi ostida "Şahid"larni uçirişni örgangan va Rossiyaga qaytib kelgaç, özlari öz qöşinlari tomonidan foydalaniş uçun dron operatorlarini tayyorlaşni boşlagan.

Tadqiqot mualliflarining qayd etişiça, joriy yilning avgust oyida Koşanda bölib ötgan «armiya musobaqasi» Eron dronlarining birinçi partiyasi Rossiyaga yetkazilgan vaqtga töğri kelgan.