Jahon | 13:48 / 09.01.2023
3358
1 daqiqa o‘qiladi

Berlin Kiyevga Leopard tanklari berilishi mumkinligini istisno etmadi

Germaniya iqtisodiyot vaziri Robert Xabek kelajakda Kiyevga Leopard tanklari yetkazib berilishi mumkinligini istisno etmadi. 

Foto: AFP

Germaniya hukumati «Ukrainani maksimal darajada qo‘llab-quvvatlash maqsadida» frontdagi voqealar rivojiga mos ravishda hamkorlari bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilmoqda, deya ma’lum qildi u ARD telekanali efirida. 

«Biz o‘z harakatlarimizni boshqa davlatlar bilan muvofiqlashtirmoqdamiz, bu koridor doirasida qarorlar qabul qilishda davom etiladi», — dedi Xabek. 

5 yanvar kuni Berlin Ukrainaning uzoq muddatli so‘rovlaridan so‘ng, bu mamlakatga Patriot zenit-raketa tizimlari va Germaniyaning Marder piyoda jangovar mashinalarini yetkazib berishga rozi bo‘ldi, ular bilan bitta Ukraina batalonini jihozlash rejalashtirilgan. 

Yetkazib berish joriy yil choragida amalga oshirilishi kerak. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid