Şveytsariya Iqtisodiyot vazirligi (EAER) Germaniyaga 71 ta Leopard 1 A5 tankini Ukrainaga qayta eksport qilmaslik şarti bilan sotişga ruxsat berdi. Bu haqda konfederatsiyaning federal kengaşi press-relizida söz boradi.

Tanklar Italiyada saqlanayotgan va Şveytsariyaning RUAG MRO qurolsozlik konserni bölinmasiga tegişli texnikalar hisobidan yetkaziladi. Umumiy hisobda kompaniyada 2016 yili Italiya Mudofaa vazirligidan sotib olingan 96 ta tank mavjud. 25 ta zirhli maşinaga egalik huquqi hozirga qadar bahsli bölib qolmoqda. 2023 yil 28 iyunda Şveytsariya hukumati uşbu tanklarni Ukrainaga yuboriş maqsadida Germaniyaga sotişni taqiqlagan edi.

Şundan keyin RUAG MRO mazkur tanklarni sotişga ruxsat oliş uçun ariza bergan. Ehtimoliy xaridorlar qatorida Germaniyada joylaşgan kompaniya ham bor edi. Şartnomada maşinalarni Ukrainaga har qanday şaroitda beriş istisno qilingan. Natijada Iqtisodiyot vazirligi RUAG MRO kompaniyasi Italiyada joylaşgan öz tanklarini Germaniya kompaniyasiga sotişi uçun ruxsat şart emas degan qarorni çiqardi.

«Tomonlarning tanklar, butlovçi qismlar va jihozlarni Ukrainaga topşirmaslik böyiça şartnomaviy kafolatlarini inobatga olgan holda, rejalaştirilgan savdo harbiy texnika yetkazib berişga qöyilgan embargo talablariga zid emas», — deya aniqlik kiritadi vazirlik.

2024 yil dekabrda Germaniya Mudofaa vazirligi 650 million yevrolik harbiy yordam paketi doirasida Ukrainaga IRIS-T havo hujumidan mudofaa tizimlari, dronlar va Leopard-1 tanklarini yetkazib berişini e’lon qilgandi. Bild ma’lumotlariga köra, Germaniya Ukrainada 2,5 ming kilometrgaça uça oladigan raketalar işlab çiqarişni moliyalaştirişi mumkin.