O‘zbekiston | 17:45 / 09.01.2023
4021
1 daqiqa o‘qiladi

Ichki turizm uchun subsidiya berish muddati uzaytirildi

Aviatashuvchilarga ichki turizm, shu jumladan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan mahalliy yo‘nalishlarga subsidiya berish vaqti 2026 yil 1 yanvarigacha deb belgilandi. Ilgari bu muddat 2022 yil 1 iyungacha edi.

Hukumatning tegishli qarori bilan O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlar xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, 2026 yilgacha respublikadagi ichki aviaqatnovlarga chipta narxlarining 25 foizida subsidiyalar ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, aviatashuvchilarga mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlar uchun chipta narxining bir qismini qaytarish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 fevraldagi qarorida qayd etilgan.

Qarorda maxsus komissiya subsidiya ajratiladigan avia va temiryo‘l yo‘nalishlarini belgilab, subsidiyalanadigan 10 ta aviaqatnov yo‘nalishi chipta narxlarining eng yuqori summalari ham tasdiqlangandi.

 

Mavzuga oid