O‘zbekiston | 09:36 / 11.01.2023
2735
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijiy mediagigantlar O‘zbekistonda qariyb 45 mlrd so‘m soliq to‘ladi

2022 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 40 ta xorijiy kompaniya ro‘yxatga olingan.

Foto: Kun.uz

Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2 yil ichida ularning soni ikki barobarga oshgan.

11 oy davomida mazkur xorijiy kompaniyalar tomonidan 44,8 milliard so‘m soliq to‘langan, bu ko‘rsatgich o‘tgan yilga nisbatan 2 barobar ko‘p.

To‘langan soliqlarning 98 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:

  • Meta - 18,6 milliard so‘m;
  • Google - 14,8 milliard so‘m;
  • Apple - 6,2 milliard so‘m;
  • Vooking.som - 1,4 milliard so‘m;
  • Netflix - 867,7 million so‘m;
  • Xsolla - 798,1 million so‘m;
  • Yandex - 445,5 million so‘m;
  • Paddle.som - 404,2 million so‘m;
  • LinkedIn - 234,1 million so‘m;
  • Adobe Systems - 180,3 million so‘m.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid