Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamoat joyida shilqimlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanyapti
“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda voyaga yetmagan, mehnatga layoqatsiz shaxslar va ota-onani moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni (47-4- va 47-5-moddalar) sodir etgan shaxslarga nisbatan “haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy jalb qilish” tarzidagi yangi jazo turi joriy etilmoqda (23- va 28-1-moddalar).
Jazo 240 soatgacha tayinlanadi va ish haqining 50 foizi aliment bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirishga yo‘naltiriladi. Aliment to‘lolmagan kishiga qo‘shimcha jarima jazosi tayinlanishi ularni yanada moddiy qiyinchiliklarga olib kelmoqda.
Aliment bo‘yicha majburiyatlarga ega chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborilmasligi belgilanmoqda (29-1-modda).
Quyidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmoqda:
jamoat joylarida shaxsga shilqimlik qilish, shaxsni, uning qaddi-qomatini shahvoniy mazmunda tasvirlash, shu mazmundagi so‘zlar bilan chaqirish, izohlash, qiyoslash yoxud unga nisbatan shahvoniy maylni ko‘rsatuvchi harakatlar qilish (41-1-modda. 600 ming so‘mdan 1,2 mln so‘mgacha jarima);
ota-ona yashash joyida vaqtincha bo‘lmaganda yoxud o‘zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash borasidagi majburiyatni bajarmaslik (47-7-modda. 300 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha jarima, 1 yil ichida takroran sodir etilsa fuqarolarga 1,5 mln so‘mdan 3 mln so‘mgacha jarima).
Mavzuga oid
13:04 / 03.05.2026
PPX xodimini 14 yoshli qizga shilqimlik qilganlikda ayblagan yigit qamaldi
10:50 / 29.04.2026
“Bizni tog‘ga olib bordi” – 14 yoshli qizga shilqimlik qilgani aytilayotgan PPX xodimi ishdan olindi. IIV holatni tekshirmoqda
20:36 / 22.04.2026
Yuqori Chirchiqda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan maktab direktori 5 sutkaga qamaldi
11:32 / 20.04.2026