Qayd etilişiça, qonun loyihasi Özbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan Xalqaro mehnat taşkilotining 111-sonli konvensiyasi normalarini milliy qonunçilikka izçil joriy etişga qaratilgan.

Unga köra, Mehnat kodeksida mehnat va maşğulotlar sohasida kamsitiş belgilari qatori “terisining rangi” va “siyosiy qaraşlar” tuşunçalari bilan töldirilmoqda.

Şuningdek, mehnat munosabatlarida inson şa’ni va qadr-qimmatini ta’minlaş, iş joylarida şahvoniy şilqimlikning oldini olişga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni joriy etiş masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Jumladan, Mehnat kodeksini mehnat va maşğulotlar sohasida şahvoniy şilqimlikka yöl qöymaslikka oid yangi norma bilan töldiriş taklif etilmoqda.