Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi shahrida qozonxona portladi
Portlash oqibatida qozonxonaning tomi qulab tushgan.
Qarshi shahri “Gungon” MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarni isitish uchun mo‘ljallangan qozonxonada gaz-havo aralashmasi portlagan.
FVV axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 11 yanvar kuni soat 21:25 larda sodir bo‘lgan.
Portlash oqibatida yong‘in sodir bo‘lmagan. Qozonxonaning yengil konstruksiya usulida qoplangan tom qismi qulab tushgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan.
Voqea joyiga zudlik bilan viloyat FVB rahbariyati, Qarshi shahar sektor rahbarlari, shahar FVB boshlig‘i hamda boshqa mas’ul tashkilotlar xodimlari yetib borgan.
Qayd etilishicha, hozirda mutasaddi idora vakillari tomonidan qozonxonani tiklash ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:18 / 08.06.2026
Qashqadaryodagi portlashda 6 kishi halok bo‘lgan
15:27 / 08.06.2026
Qashqadaryoda gaz quyish shoxobchasida portlash ro‘y berdi
17:16 / 01.06.2026
Maltadagi pirotexnika zavodida kuchli portlash ro‘y berdi
22:04 / 31.05.2026