O‘zbekiston | 08:03 / 12.01.2023
3649
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev “Global Janub ovozi” sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vaziri Narendra Modining taklifiga binoan 12 yanvar kuni “Global Janub ovozi” sammiti yalpi majlisida ishtirok etadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Hindiston raisligida onlayn shaklda o‘tkaziladigan tadbirda Bangladesh, Vetnam, Kambodja, Mo‘g‘uliston, Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand va boshqa mamlakatlarning davlat va hukumat rahbarlari ham qatnashadi. Jami 120 ta mamlakat delegatsiyalari taklif qilingan.

Hindistonning “Katta yigirmatalik”dagi raisligi doirasida o‘tkazilayotgan sammit maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlar manfaatlarini ilgari surish va dolzarb muammolarini hal etish yo‘lida, iqtisodiyot, ekologiya, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, inson resurslarini rivojlantirish, innovatsiyalar, turizm va boshqa yo‘nalishlardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida fikr almashish va aniq takliflarni ishlab chiqishdan iborat.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid