Afrosiyob poyezdi Buxorodagi yo‘lda to‘xtab qoldi
13 yanvar kuni Buxoro – Toshkent yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdi “Malik” stansiyasida to‘xtab qolgan. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” bunga noqulay ob-havoni sabab qilib ko‘rsatgan.
2023 yil 13 yanvarda Buxoro – Toshkent yo‘nalishidagi 765-sonli Afrosiyob poyezdi “Malik” stansiyasida to‘xtab qolgan. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda. Poyezdning to‘xtab qolishiga, O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo sabab qilib ko‘rsatilgan. Ma’lum bo‘lishicha, yo‘lovchilarni manzilga xavfsiz yetkazib kelish maqsadida zaxira Afrosiyob elektropoyezdi jo‘natilgan.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
Bundan oldin ham 2023 yilning 1 yanvar kuni Buxoro – Toshkent yo‘nalishidagi Afrosiyob poyezdi Yangi Chinoz – Chinoz peregon oralig‘ida to‘xtab qolgandi. To‘xtashga elektr kuchlanishli sim tarmog‘idagi nosozlik sabab bo‘lgani aytilgandi.
Mavzuga oid
09:51 / 21.11.2024
Buxoroning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
20:55 / 20.11.2024
“Eski, sovuq sinfxonalarda o‘qiyapmiz” – Buxoroda qurilishi bitmagan maktab-internat o‘quvchilari sarson bo‘lyapti
18:24 / 20.11.2024
Fayzulla Xo‘jayevning jiyani professor Sulaymon Inoyatov vafot etdi
14:38 / 20.11.2024