O‘zbekiston | 10:52 / 13.01.2023
3215
1 daqiqa o‘qiladi

AKT xizmatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi oshdi

2022 yilning yanvar-sentabr oylarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining yalpi ichki mahsulot (YaIM)dagi ulushi 1,8 foizni tashkil etdi.

Foto: Shutterstock

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davrida 1,7 foizni tashkil etgan edi. 

Taqqoslash uchun, joriy davrda AKT xizmatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,1 foizga oshgan.

2022 yilning yanvar-noyabr oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 2 423 tani tashkil etgan. 

Mavzuga oid