O‘zbekiston | 12:38 / 15.01.2023
22167
1 daqiqa o‘qiladi

Aydarko‘l muzladi. Bu yaqin yillarda kuzatilmagan

-21 darajali sovuq ko‘lning yuza qismini muzlatdi. 

Forishlik Ubaydullo Musaboyev olgan tasvirlarda muz qalinligi salkam 10 santimetrga yetganini ko‘rish mumkin. 

Aydarko‘lning muzlashi kamdan kam kuzatiladi, chunki ko‘lning suvi sho‘r. Va bu sho‘rlanish yildan yilga ortyapti.

Kun.uz oldinroq Aydarko‘lning suvi keskin kamayayotgani, bu O‘zbekiston uchun yaqin kelajakda katta ekologik muammoga aylanishi mumkinligiga e’tibor qaratgandi.

Руслан Сабуров
Tayyorlagan Руслан Сабуров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid