Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim hududlarda budjet tashkilotlari xodimlariga har oylik ustama to‘lanadi
Vazirlar Mahkamasining «Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumanining Zafarobod shaharchasida budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun har oyda ustama to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi bilan Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Zafarobod shaharchasida budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun har oyda ustama to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi. Loyiha ilovasi 4 ta bob, 13 banddan iborat.
Loyiha ilovasida:
- muayyan davr ishlaganlik uchun to‘lanadigan oylik ustama miqdori;
- oylik ustamalarni amalga oshirish huquqini beruvchi ish staji;
- oylik ustamalarni hisoblash va to‘lash tartibi belgilanadi.
Muayyan davr ishlaganlik uchun to‘lanadigan oylik ustama miqdori oylik tarif stavkasining yoki lavozim maoshining ulushida belgilanadi.
Xodimlarning budjet tashkilotlarida ishlagan ish staji bo‘yicha quyidagi miqdorda oylik ustamalar to‘lanishi belgilanmoqda: 3 yilgacha - 0,2; 3 yildan 5 yilgacha - 0,5; 5 yildan ortiq - 0,75.
Mavzuga oid
12:22 / 25.03.2026
Davlat budjetining 2025 yildagi ijrosi. Defitsit – 39 trln so‘mgacha qisqardi
14:37 / 16.02.2026
B2 uchun 50 foiz, C1 uchun 100 foiz: kasbiy ta’lim pedagoglariga oylik ustama taklif qilindi
10:03 / 12.02.2026
Ayrim texnikumlar xodimlariga 100 foizlik ustama belgilandi
14:00 / 02.02.2026