Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
19 yanvardan xalqaro yo‘nalishlardagi muntazam avtobus qatnovlari tiklanadi
Ob-havo sharoiti hamda harakat yo‘nalishi bo‘ylab avtomobil yo‘llaridagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, 19 yanvardan O‘zbekiston Respublikasidan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi.
Bu haqda xabar bergan Transport vazirligi 19 yanvar, dushanba kuni “Toshkent” avtovokzalidan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi avtobus qatnovlari ro‘yxatini taqdim etdi:
- 12:00 | Toshkent – Moskva (chipta narxi 1 011 000 so‘m)
- 16:00 | Toshkent – Olmaota (chipta narxi 200 000 so‘m)
- 16:00 | Toshkent – Ostona (chipta narxi 361 000 so‘m)
- 17:00 | Toshkent – Turkiston (chipta narxi 111 000 so‘m)
- 18:00 | Toshkent – Qizilo‘rda (chipta narxi 161 000 so‘m)
- 18:00 | Toshkent – Olmaota (chipta narxi 200 000 so‘m)
- 18:00 | Toshkent – Bishkek (chipta narxi 261 000 so‘m)
Eslatib o‘tamiz, qattiq sovuq sabab Qozog‘iston yo‘llarida avtobusda qolib ketgan o‘zbekistonliklar qutqarilishi bilan bog‘liq bir nechta holatlardan keyin, O‘zbekistondan xalqaro avtobus qatnovlari 13 yanvardan boshlab vaqtincha to‘xtatilgandi.
Mavzuga oid
10:15 / 16.06.2026
Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026