Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prigojin Rossiyada YouTube taqiqlanishini aytdi
Shuningdek, undan faol foydalanayotganlar aniqlanib, «munosib jazosini oladi».
«Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiyada mashhur YouTube sayti tez orada yopilishini e’lon qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, videoxostingdan foydalanganlik uchun jazo barcha rossiyaliklarga ta’sir qiladi. Bu haqda Prigojinning shaxsiy matbuot xizmati xabar berdi.
«Endi sizlarga bir sirni aytaman. O‘zini xuddi qatnashayotgandek ko‘rsatadigan, aslida bizga maxsus operatsiyada xalaqit beradigan, 9 may kuni Rossiya bayrog‘ini ko‘taradigan, lekin qarindoshlarini xorijga jo‘natadigan, Dubayda golf o‘ynaydiganlar tishini qanchalik g‘ijirlatmasin, YouTube tez orada yopiladi. YouTube’dan faol foydalanayotganlar esa, o‘z navbatida, aniqlanib, munosib jazosini oladi», dedi u.
Avvalroq, Prigojin Rossiya Bosh prokuraturasiga murojaat qilib, YouTube faoliyatini tekshirish va Rossiya hududida uni taqiqlashni so‘ragan edi.
Shu bilan birga, dunyoning yetakchi ijtimoiy tarmoqlaridan Facebook, Instagram va Twitter 2022 yil mart oyidan beri Rossiya hududida taqiqlangan.
Mavzuga oid
00:15 / 14.06.2026
YouTube'da ilk bor 500 mln obunachiga ega bloger paydo bo‘ldi
19:25 / 20.05.2026
Feyk xabarlarga chek qo‘yish: YouTube jiddiy yangilanishni tayyorlamoqda
18:08 / 12.03.2026
YouTube siyosatchilar va jurnalistlarni dipfeyklardan himoya qilishni boshlaydi
22:58 / 10.02.2026