Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baydenning reytingi maxfiy hujjatlar bilan bog‘liq mojaro fonida pasaya boshladi
Uning ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yish masalasi so‘roq ostida turibdi.
AQSh prezidenti Jo Baydenning reytingi o‘tgan yil oxiridagi yuqorilash tendensiyasidan so‘ng yana pasayishni boshladi. Buning sababi Oq uy rahbari tomonidan maxfiy hujjatlarni nomaqbul tarzda saqlash bilan bog‘liq janjaldir. O‘z navbatida, fevral oyi boshida Bayden ikkinchi muddatga saylanish rejalarini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Jo Baydenning reytinglari noyabr oyidagi ijobiy o‘sish tendensiyasidan so‘ng yana pastga tushdi va butun prezidentlik davridagi minimal qiymatlarga yaqinlashdi.
Bu Reuters/Ipsos agentligi tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra ma’lum bo‘ldi. Tadqiqotga ko‘ra, bugungi kunda amerikaliklarning atigi 40 foizi prezidentning faoliyatini ma’qullaydi, bu ikki hafta oldingiga nisbatan 4 ball past va o‘tgan yilning may va iyun oylarida qayd etilgan eng past ko‘rsatkichlardan atigi 4 ballga ko‘p.
Amerika rahbarining mashhurligi Vashingtondagi tahlil markazi va Delaver shtatidagi ikkita uyida maxfiy hujjatlar topilganidan so‘ng pasayib ketdi.
Jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida Jo Bayden hujjatlar xavfsizligiga ishonchi komil ekanini aytishdan boshqa yaxshiroq narsani o‘ylab topa olmadi.
«Mening Sorvette avtomobilim qulflangan garajda turibdi. U ko‘chada turganga o‘xshamaydi», dedi prezident o‘zini oqlashga urinib. Maxfiy hujjatlar aynan avtomobil ichidan topilgan edi.
Jo Bayden maxfiy hujjatlar ishi bo‘yicha tayinlangan maxsus prokuror tomonidan olib borilayotgan tergov o‘zining foydasiga yakunlanishiga ishonchi komil.
Prezident bilan sodir bo‘layotgan voqealar Kongress quyi palatasidagi respublikachilar e’tiboridan chetda qolmadi: ular Jo Baydenga qarshi tergovlar ko‘lamini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Reuters manbalariga ko‘ra, 80 yoshli Jo Bayden, o‘z atrofida sodir bo‘layotgan voqealarga qaramay, ikkinchi muddatga nomzodini qo‘yadi. Balki, bu kelasi oyda, davlat rahbarining 7 fevralga belgilangan Kongressga murojaatidan so‘ng e’lon qilinadi.
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassis, siyosatshunos Jon Varoli fikriga ko‘ra, agar janjal Amerika prezidentini ikkinchi muddatga saylanish ambitsiyalaridan voz kechishga majbur qilsa, vitse-prezident Kamala Xarris nomzodi qo‘yilishi mumkin. Shuningdek, siyosiy doiralarda Hillari Klintonning qaytishi ham muhokama qilinmoqda.
Mavzuga oid
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026
Jaziramadagi bayram: issiq sabab AQShdagi mustaqillik tadbirlari bekor qilinmoqda
22:57 / 03.07.2026
Donald Trampga 321 ta olmos ko‘zli uzuk sovg‘a qilindi - OAV
18:30 / 02.07.2026