Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg: Leopard'ni Kiyevga yetkazib berish masalasi muhokamasi davom etadi
Ukraina mudofaa bo‘yicha aloqa guruhi Kiyevga Leopard tanklarini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan bo‘lsa-da, muzokaralar yakunlanmadi, dedi NATO bosh kotibi.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg G‘arb davlatlarining Ukrainaga yangi qurol yetkazib berilishini e’lon qilganini olqishladi va Germaniyaning Leopard 2 tanklarini topshirish ehtimoli bo‘yicha muhokama yana davom etishini kutayotganini aytdi. Juma, 20 yanvar kuni Amerikaning Ramshtayn harbiy bazasida jurnalistlar oldida chiqish qilib, Shimoliy Atlantika alyansi rahbari Ukraina yuzlab yangi zirhli texnika, piyoda jangovar mashinalar va tanklar olishini ta’kidladi, bu «ukrainaliklarga nafaqat Rossiyaning yangi hujumlaridan himoyalanish, balki hududlarini qaytarib olish uchun o‘z hujumlarini boshlash imkonini beradi».
NATO bosh kotibining alohida ta’kidlashicha, ittifoqchilar kuchlarini nafaqat Kiyevga yangi qurollarni topshirishga, balki allaqachon o‘tkazilgan texnikani saqlash va unga o‘q-dorilar yetkazib berishga ko‘maklashishga qaratishlari kerak. «Bizga o‘q-dorilar kerak. Bizga ehtiyot qismlar kerak. Bizga texnik xizmat ko‘rsatish kerak va biz mashg‘ulotlar olib boryapmiz», - dedi u.
Germaniya Leopard 2 nemis tanklarini yetkazib berishga rozilik bermay Yevropa birligiga ziyon yetkazyaptimi, degan savolga Stoltenberg «maslahatlashuvlar davom etadi» deb javob berdi.
Shu bilan birga, NATO bosh kotibi Germaniyani urush boshlanganidan beri Ukrainaga eng katta yordam ko‘rsatgan davlatlardan biri deb atadi. «Artilleriya, o‘q-dorilar, havo hujumidan mudofaa tizimlari, endi esa Marder zirhli transportyorlari. Germaniya haqiqatan ham ko‘p sohalarda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda yetakchi», - dedi u.
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius avvalroq aytganidek, Ukrainaga Leopard tankini yetkazib berish bo‘yicha qaror hali qabul qilinmagan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu masala muhokama qilingan: uning tarafdorlari ham, muxoliflari ham bor. Shu bilan birga, Pistorius Germaniya Mudofaa vazirligiga Leopard tanklari parkini qayta ko‘rib chiqishni buyurdi. Gap Bundesverda xizmat ko‘rsatayotgan va ishlab chiqaruvchilarda bo‘lgan mashinalar haqida ketyapti. Tanklar sonini, shuningdek, ularning sheriklar jangovar transport vositalariga mosligini aniqlash kerak. «Leopard tanklarini yetkazib berish bo‘yicha qaror qaysi nuqtada qabul qilinishini hozircha ayta olmaymiz, biroq ittifoqchilar bilan kelishuvga erishilsa, buni tezda qabul qilish mumkin», dedi Pistorius.
Mavzuga oid
09:27 / 10.11.2025
NATO sobiq bosh kotibi Ukraina uzra “noflay zona” joriy etmaslik sababini tushuntirdi
18:47 / 28.05.2025
Shveytsariya 71 ta Leopard tankining Germaniyaga sotilishiga ruxsat berdi
22:58 / 04.02.2025
NATO sobiq bosh kotibi Norvegiya moliya vaziri etib tayinlandi
11:50 / 02.10.2024