Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO sobiq bosh kotibi Ukraina uzra “noflay zona” joriy etmaslik sababini tushuntirdi
NATOning sobiq bosh kotibi, 66 yoshli Yyens Stoltenberg yaqinda chop etilgan On My Watch xotiralarida 2022 yil fevral oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Ukraina ustida uchishga taqiq (no-fly zone) joriy etish to‘g‘ricidagi iltimosini rad etgan paytni «og‘riqli dam» deb atadi, deb yozdi The Sunday Times.
Foto: The Sunday Times
Stoltenbergning so‘zlaricha, Zelenskiy Kiyevdagi bunkerdan qo‘ng‘iroq qilib, NATOning qo‘shin yubormaslik qaroriga rozi emasligini aytgan, ammo «iltimos, havo hududini yoping, Rossiya samolyotlari, dronlari va vertolyotlarining parvozlarini to‘xtating», deb so‘ragan.
«Men uning iltimosini tushundim, lekin bu ro‘y bermasdi, — dedi Stoltenberg. — Chunki agar NATO Ukraina havo hududini yopsa, birinchi navbatda Belarus va Rossiyadagi RF havo mudofaa tizimlarini yo‘q qilishga to‘g‘ri keladi. Osmonda rus samolyoti yoki vertolyoti bo‘lsa, uni urib tushirishga majbur bo‘lardik — bu esa NATO bilan Rossiya o‘rtasida to‘laqonli urushni anglatardi. Biz bundan qochdik». U shunday qo‘shimcha qildi: «Prezident Jo Bayden aytganidek, Ukraina uchun Uchinchi jahon urushi xavfiga bormaymiz».
Sobiq bosh kotib fikricha, agar NATO 2014 yilda Qrim qo‘shib olinishi paytida Ukrainani kuchliroq qo‘llab-quvvatlaganida, 2022 yildagi to‘laqonli hujumning oldini olish mumkin edi. 2022 yil 24 fevraldan boshlab esa alyans ikki yo‘nalishda ish yuritgan: Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish va mojaroni NATO-Rossiya to‘qnashuviga aylantirmaslik.
«Maqsad — Perl-Xarbor takrorlanishini oldini olish, butun alyansni urushga tortmaslik. Shuning uchun Ukrainani qo‘llab-quvvatlaymiz, lekin NATO qo‘shinlarini kiritib, bevosita urushga qadam qo‘ymaymiz. Hanuz shu yondashuv to‘g‘ri, deb hisoblayman», — dedi u.
Shu bilan birga, Stoltenberg Kiyevga yordam «juda zaif va kechikkan»ini tan oldi: Rossiyani muzokara stoliga o‘tirishga majburlash uchun frontda Ukrainaga ko‘proq yordam kerakligini qayd etdi. Norvegiya suveren jamg‘armasi YeIning Ukrainaga 100 mlrd yevrolik harbiy krediti uchun kafil bo‘lish-bo‘lmasligi masalasida u izoh bermadi.
Mavzuga oid
22:56 / 25.12.2025
Zelenskiy Putinga o‘lim tilayotganiga ishora qildi va Rossiyani «xudosizlik»da aybladi
16:37 / 25.12.2025
Rossiya uchun diversiya tayyorlaganlikda ayblanayotgan ukrainalik Germaniyaga topshirildi
15:58 / 25.12.2025
«Otuvga yoki hibsga tayyorman». NYT Kremlning urushga qarshi bo‘lgan mulozimi haqida
15:32 / 25.12.2025