O‘zbekiston | 13:05 / 24.01.2023
6805
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda IHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi boshlandi

Bugun Toshkentda O‘zbekiston raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 26-yig‘ilishi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 26-yig‘ilishida IHT  bosh kotibi Xusrav Noziriy, Ozarboyjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash bosh kotibi Qayrat Saribay ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida ishtirokchilar savdo, transport, investitsiya, “yashil” iqtisodiyot, raqamlashtirish, energetika va boshqa sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladi. 

Shuningdek, O‘zbekistonning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotidagi raisligi yakunlari umumlashtiriladi.

Mavzuga oid