Islom hamkorlik taşkiloti Tehronda Hamas siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning öldirilişi uçun Isroilni mas’ul deb hisobladi va bu Eron suvereniteti va milliy xavfsizligiga «xavfli hujum» ekanini aytdi.
Bu haqda Jiddada IHT ijroiya qömitasining taşqi işlar vazirlari darajasidagi navbatdan taşqari yiğilişi yakuniy deklaratsiyasida aytiladi.
Yakuniy deklaratsiyada IHT Tehronda Hamas yetakçisining öldirilişini keskin qoraladi.
Deklaratsiyada aytilişiça, qotillik xalqaro huquq va BMT nizomini oçiqdan oçiq buzgan.
«Bu Eron suvereniteti, hududiy yaxlitligi va milliy xavfsizligiga xavfli hujumdir», — deyiladi hujjatda.
Deklaratsiyada BMT Xavfsizlik kengaşi Isroilning Ğazo sektoriga hujumlarini töxtatiş hamda Ğazo sektori barça qismlariga yetarli va barqaror insonparvarlik yordamini yetkaziş mas’uliyatini öz zimmasiga olişga çaqiradi.
«Falastin hududlaridagi Isroil mintaqadagi tinçlik va barqarorlikka putur yetkazmoqda. Bu holat BMT Xavfsizlik kengaşining xalqaro tinçlik va xavfsizlikni saqlaş böyiça mas’uliyati doirasida şoşilinç va samarali aralaşuvni talab qiladi», — deyiladi hujjatda.

















