Bugun Toşkentda Özbekiston raisligida Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti (IHT) Taşqi işlar vazirlari kengaşining 26-yiğilişi boşlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
IHT Taşqi işlar vazirlari kengaşining 26-yiğilişida IHT boş kotibi Xusrav Noziriy, Ozarboyjon, Eron, Qozoğiston, Qirğiziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va Özbekiston taşqi işlar vazirlari, şuningdek, Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi Kubaniçbek Omuraliyev va Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş boş kotibi Qayrat Saribay iştirok etmoqda.
Tadbir davomida iştirokçilar savdo, transport, investitsiya, “yaşil” iqtisodiyot, raqamlaştiriş, energetika va boşqa sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladi.
Şuningdek, Özbekistonning Iqtisodiy hamkorlik taşkilotidagi raisligi yakunlari umumlaştiriladi.

















