Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyadan Leopard 2 tanklari aprelgacha Ukrainaga yetib boradi
Germaniyadan birinchi Leopard 2 tanklari Ukrainaga mart oyi oxiri - aprel boshida yetib keladi, deb ma’lum qildi Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius.
«Bizda ularning kechikishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q», dedi u.
Bundan tashqari, yaqin kunlarda ukrainalik harbiylar uchun Marder piyoda askarlar jangovar mashinasini boshqarish bo‘yicha mashg‘ulotlar boshlanadi.
Tanklar bilan ishlashga tayyorlash jarayoni esa «birozdan keyin» boshlanadi, deb xabar qildi Pistorius.
Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni Germaniya va boshqa davlatlar Ukrainaga beradigan Leopard 2 tanklarini katta miqdorda o‘q-dorilar bilan ta’minlashga tayyor.
Germaniyaning Rheinmetall mudofaa konserni Rossiya harbiy agressiyasidan himoyalanayotgan Ukrainaga Germaniya va boshqa davlatlar yuboradigan Leopard 2 tanklari uchun katta hajmdagi o‘q-dorilar yetkazib bera oladi.
«Rheinmetall bunga tayyor va o‘q-dorilar, ayniqsa, yirik kalibrli o‘q-dorilar ishlab chiqarish quvvatini sezilarli darajada oshirdi», — deb ma’lum qildi konsern Rheinische Post gazetasi so‘roviga javoban.
Mavzuga oid
08:02 / 06.04.2026
Type 96 dronlarga qarshi: Xitoyning 2500 ta tanki yangi himoya bilan jihozlandi
07:16 / 26.02.2026
Temir impuls: dunyoda tanklar soni bo‘yicha birinchi o‘rin kimda?
18:47 / 28.05.2025
Shveytsariya 71 ta Leopard tankining Germaniyaga sotilishiga ruxsat berdi
12:24 / 30.04.2025